Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:39

O‘zbekistonlik faollar AQSh Davlat departamentidan yordam so‘ramoqchi


"Ko‘mak markazi" guruhi rahbari Dilorom Ishoqova
"Ko‘mak markazi" guruhi rahbari Dilorom Ishoqova

O‘zbekistonlik bir guruh faollar “AQSh Davlat departamentidan O‘zbek muxolifatiga grantlar ajratish tajribasini qayta tiklashni, o‘zbek muxolifati uchun ajratilgan, ammo o‘zlashtirilmay qolgan mablag‘dan yillar davomida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasida qalanib turgan loyihalarni moliyalashtirishni talab qilish” maqsadida “Ko‘mak markazi” tuzganini e’lon qildi.

Bu haqda Dilorom Ishoqova, Bahodir Choriev, YodgorTurlibekov, Baxtiyor Isabekov, Sanjarali Imomovlar nomidan tarqatilgan banotda aytilishicha, “Ko‘mak markazi” AQSh Davlat departamentidan “O‘zbekistonni mustaqil va demokratik davlat bo‘lishi uchun kurashgan va faoliyati uchun jabrlanib, sog‘ligini yo‘qotgan muxolifatchilarga sog‘liklarini tiklash uchun ham mablag‘ ajratishlarini” ham so‘ramoqchi.

“… safdoshlarimizning ham ahvollari tang: bir bor markazga kelib ketish, yoki viloyatlarga borib kelish, safdoshlar bilan yig‘ilib dardlashish nari tursin, xatto yo‘lkiraga pul topolmay qolish darajasida tang. Sihat-salomatlik haqida gapirmasak ham bo‘ladi: yillar davomida tortilgan azob va nohaqliklar o‘z ishini bajardi. Ahvol shunday davom etsa, yaqin yillarda O‘zbekistonda muxolifatchi qolmaydi. Ayniqsa, muxolifat saflarida yosh faolar yo‘qligini inobatga olsak, o‘zbek muxolifat ham iftihorli, ham qayg‘uli bir hotira bo‘lib qolish ehtimoli bor”, deyiladi “Ko‘mak markazi” bayonotida.

Bayonotda aytilishicha, “Ko‘mak markazi” O‘zbekistonda yashayotgan barcha muxolifat faollari, mustaqil jurnalistlar, Inson huquqlari himoyachilari yoki ularning oila a’zolari moddiy ko‘mak so‘rab yozgan arizalarni qabul qiladi.

Tazyiqlar ortidan O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan,siyosiy boshpana olish jarayoni qiyin kechayotgan, moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan inson huquqlari faollari, mustaqil jurnalistlar va siyosiy harakat va partiyalar a’zolarini qo‘llov xatlarini tashkillashtirish va moddiy yordam haqidagi arizalarini to‘playdi.

“Ko‘mak Markazi” guruhining feysbukda o‘z sahifasi bo‘ladi va mazkur sahifada guruh faoliyati va hisoboti yoritilib boriladi.

To‘plangan arizalar”KM” a’zolari tomonidan o‘rganilib, umumlashtirib AQSh Kongresi va Davlat departamentiga yo‘llanadi. Shu bilan birga guruh murojaati ham taqdim etiladi.

Ariza yozuvchi o‘z arizasida ming dollardan besh ming dollargacha bo‘lgan miqdordagi yordamni o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun olishi ko‘zda tutiladi. Ariza beruvchi arizasida o‘zining qisqa siyosiy faoliyati tarixi hamda tarjimaiy xolini yozishi kerak.

Muxolifat tashkilotlari, Inson huquqlari tashkilotlari, hamda mustaqil jurnalistlardan alohida grant uchun yozilgan xatlar olinadi va ular ham umumiy so‘rovga kiritiladi”, deyilgan “Ko‘mak markazi” guruhi bayonotida.

Ozodlik muxbiri “Ko‘mak markazi” guruhi rahbari Dilorom Ishoqovaga bir necha savol bilan murojaat qildi:

Дилором Исҳоқова "Кўмак маркази" тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:00 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG