Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:52

Odessada granatalar topildi


Ukrainaning Odessa shahrida politsiyachilar muqaddam rossiyaparast va ukrainaparast namoyishchilarning ikki yil avvalgi to‘qnashuvida 48 kishi halok bo‘lganiga bag‘ishlab o‘tkazilajak xotira marosimi arafasida uchta qo‘l granatasi topganlar.

Odessaning Kulikov maydoni va Kasaba uyushmalari uyi atrofidagi o‘tish joylari minalashtirilgani haqida anonim qo‘ng‘iroq orqali ma’lum bo‘lgani aytilmoqda.

Keyinroq gul, plakat va qurbonlarning portretlarini ko‘targan 500 dan ziyod odam metall qidiruv oldidan o‘tkazilgan. Politsiya namoyishchilarni Kasaba uyushmalari uyi tomon o‘tkazmasligi ma’lum bo‘lgach, ular o‘sha yerning o‘zida osmonga qora pufaklar va oq kaptarlar uchirganlar.

Hozirda 2014 yil 2 mayida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda ayblanmish 20 nafar odessalik ustidan mahkama bormoqda.

XS
SM
MD
LG