Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:12

O‘zbekiston paxta ekinzorlarini 30 yarim ming gektarga qisqartiradi


O‘zbekistonda 30 yarim ming gektar so‘g‘riladigan yer paxtadan bo‘shatilib, u yerda meva va sabzavot yetishtirish rejalanmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Iqtisod vazirligi rasmiylari ma’lum qildi.

Ularga paxtadan bo‘shagan ekin maydonlarida avvalo sabzavot va kartoshka, shular qatorida, ozuqa ekinlari, yog‘-moy olinadigan va boshqa o‘simliklar ekiladi, bog‘ va uzumzorlar barpo etiladi.

O‘tgan hafta O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Moskvaga safari davomida o‘z mamlakati g‘arb sanksiyalari ostida qolgan Rossiyaga meva va sabzavot eksportini oshirishga tayyorligini va’da qilgan edi.

O‘zbekistonda 2020 yilgacha paxta xomashyosini yetishtirish va uni davlat tomonidan xarid qilish hajmini 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga bosqichma-bosqich qisqartiriladi.

Kelasi to‘rt yil ichida mamlakat kartoshka yetishtirishni 35 foizga, uzum yetishtirishni 30 foizga, sut, tuxum va chorva maxsulotlari yetishtirishni 70 foizga oshirishni rejalamoqda.

XS
SM
MD
LG