Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:47

Quyosh batareyali “Solar Impulse 2” uchog‘i Arizonaga qo‘ndi


Dushanba kuni San Fransiskodan osmonga ko‘tarilgan “Solar Impulse 2” quyosh batareyali uchog‘i 16 soatlik parvozdan so‘ng Arizona shtati Feniks shahriga muvaffaqiyatli qo‘ngan.

Uchoq Nyu Yorkdan Atlantika okeani uzra Gibroaltarga to‘xtovsiz parvoz oldidan AQShda yana ikkita qisqa masofali uchishni amalga oshiradi.

Quyosh energiyasi bilan parvoz qiladigan uchoq yer yuzini aylanib chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatish uchun ikki yil avval ilk parvozni amalga oshirgan edi.

O‘shanda uchoq Abu-Dabidan Yaponiyaga uchib borgan edi. Lekin, uchoq parvozning keyingi bosqichida muammolar paydo bo‘ldi va Havay orollariga qo‘ndirilib, sozlandi.

O‘tgan haftada uchoq Havaydan San Fransiskoga uchib keldi.

Uzunligi 72 metr bo‘lgan bir o‘rinli uchoqni galma-galdan ikki shveytsariyalik ekologik Andre Borshberg va Bertran Pikarlar boshqarmoqda. Oldinda ularni Atlantika okeani uzra parvoz kutmoqda.

XS
SM
MD
LG