Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:48

Ulug‘bek Haydarov: Avakyan ishi ochilib qolgani uchun uni advokatini jazolashdi


O‘zbekistonda IShIDga aloqadorlikda ayblangan jizzaxlik armani fermer Aramais Avakyanning advokati yetti yilga qamalgan. 33 yoshli Olim Qobilovga poraxo‘rlik va tovlamachilik aybi qo‘yilgan. Qobilov mart oyining birinchi yarmida hibsga olingan va qisqa vaqt ichida sud qilinib, yetti yilga mahkum etilgan. Kanadada yashovchi o‘zbek jurnalisti Ulug‘bek Haydarov advokatning qamoqqa tashlanishini IShIDga aloqadorlikda ayblangan jizzaxlik armani fermer Aramais Avakyanga advokatlik qilgani bilan bog‘ladi.

Ulug‘bek Haydarovning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, Avakyanning ishiga oid ma’lumotlarni advokat Olim Qobilovdan olib turgan.

- Men u bilan doim aloqada edim. U bilan so‘nggi bor gaplashganimda advokatlik litsenziyasini olib qo‘yishgani, sudda qatnashtirishmayotgani, ustidan ish ochishganini aytgandi. Keyin surishtirsam unga pora olish va tovlamachilik ayblarini qo‘yishibdi, yetti yilga qamashibdi. Men buni Aramaisning ishi bilan bog‘layman. Sababi u bizga ma’lumotlarni sizdirib turdi. Viloyat amaldorlari uchun juda nozik ish edi bu. Aramaisning ishi bo‘yicha ko‘p ma’lumot tashqariga chiqib ketayotgandi. Advokatni olib tashlamasa boshqa ma’lumotlar ochilib qolishidan qo‘rqib shunaqa qilishdi, qamashdi, - deydi Ulug‘bek Haydarov.

Jizzaxlik fermer Aramais Avakyan, Furqat Jo‘raev, ularning sheriklari fevral oyida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qo‘poruvchilik, o‘g‘rilik, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish kabi moddalari bilan ayblandilar.

Ular ekstremistik guruh a’zoligini bo‘yniga olishi uchun tergov izolyatorida qiynoqlarga solingani aytildi.

- Hozir ularni himoya qiladigan advokat yo‘q. Advokatni qamab ishni silliqqina yopishadi endi. Men bir narsani aytaman, Avakyan ishi katta shov-shuvga sabab bo‘lishi va xalqaro jamoatchilik e’tiborini bu ishga qaratilishiga uni advokatini roli katta bo‘ldi, - deydi Ulug‘bek Haydarov.

Канадада яшовчи ўзбек журналисти Улуғбек Ҳайдаров жиззахлик фермер Авакян адвокатининг қамалиши ҳақида.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:26 0:00
Бевосита линк

Millati arman bo‘lgan Avakyanning nasroniy bo‘lishiga qaramasdan IShIDga aloqadorlikda ayblanayotgani Armaniston hukumatini ham bu masalaga e’tiborsiz qoldirmagan.

Armaniston Ombudsmani o‘zbekistonlik hamkasbiga Avakyanning taqdiri borasida tashvish bildirib, xat yo‘llagan edi.

2015 yil sentyabrida Jizzaxda hibsga olingan va "Islomiy davlat" ekstremistik guruhi a’zoligida ayblangan jizzaxlik baliqchi fermer Aramais Avakyanni ozod qilish chaqirig‘i bilan onlayn-petitsiya ham tashkil etilgandi.

Aramais Avakyanning xotini va onasi hamda Avakyan bilan sudlangan yana bir fuqaro Furqat Jo‘raevning yaqinlari o‘tgan hafta oxirida AQShning Toshkentdagi elchixonasida qabul qilingan edi.

Aramaisning onasi Flora Avakyan elchixonada bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida uni, kelini Shirinni hamda Furqat Jo‘raevning onasini AQSh elchisi Pamela Spratlen hamda o‘tgan haftada O‘zbekistonga safar qilgan AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyumlar qabul qilganini Ozodlikka aytgandi.

XS
SM
MD
LG