Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:40

Qirg‘iz delegatsiyasining Toshkentdagi ShHT sammitida ishtirok etish masalasi ochiq qolmoqda


Qirg‘iziston delegatsiyasining shu yil iyunida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish masalasi ochiq qolmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev Rossiyaning “Interfaks” agentligiga ma’lum qilgan.

“Hammasini vaqt va vaziyat ko‘rsatadi. Umid qilamanki, qo‘shni mamlakat chegaraning kelishilmagan uchastkasida bundan buyon biror g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etmaydi”, dedi Almazbek Atambaev.

18 mart kuni Qirg‘iziston janubidagi Axsi tumaniga qarashli Chalasart uchastkasiga O‘zbekiston 40 chog‘li askar va harbiy texnika kiritgandi. Bunga javoban Qirg‘iziston ham shuncha askar va texnika kiritgan. Oradan 8 kun o‘tgach, muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston o‘z askarlarini Chalasartdan olib chiqib ketgan.

XS
SM
MD
LG