Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:41

Suriyalik qochqinlar lageriga havodan zarba berildi


Suriya shimolida qochqinlar lageriga havodan zarba berilishi oqibatida kamida 28 odam halok bo‘ldi.

Bombardimon qilingan qochqinlar lageri Suriyaning Turkiya bilan chegarasiga yaqin joyda joylashgan edi. Bu haqda qarorgohi Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari observatoriyasi payshanba kuni xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Idlib viloyatining Sarmada shahrida joylashgan lager payshanba kuni kunning ikkinchi yarmida bombardimon qilingan.

Lagerga havodan turib kim hujum qilgani hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG