Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:25

Armaniston Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olishga tayyorlanmoqda


Armaniston hukumati muxolifat tomonidan ishlab chiqilgan Tog‘li Qorabog‘ni mustaqil davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi qaror loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Ozarbayjonga qarashli Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olish bo‘yicha qonun loyihasi 5 may kuni muhokamaga qo‘yilgan edi. O‘tgan yili Armaniston hukumati xuddi shunday qonun loyihasini qo‘llamay qo‘ygan.

Tahlilchilar fikricha, bu orqali Yerevan rasmiylari Ozarbayjon bilan aprelь oyida Tog‘li Qorabog‘ masalasida bo‘lib o‘tgan bir necha kunlik urush ortidan Bokuga ogohlantirish yo‘llamoqda.

Armaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shavarsh Kocheryanning aytishicha, qonun Ozarbayjon hujum qiladigan bo‘lsa parlamentda ovozga qo‘yiladi.

XS
SM
MD
LG