Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:05

Umida Ahmedova Vatslav Havel xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi


Umida Ahmedovaning fotosuratlarini O‘zbekistonda namoyish etish taqiqlangan.
Umida Ahmedovaning fotosuratlarini O‘zbekistonda namoyish etish taqiqlangan.

O‘zbekistonlik fotojurnalist Umida Ahmedova Vatslav Havel nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi. Bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Human Rights Foundation (HRF) – Inson huquqlari bo‘yicha jamg‘arma tomonidan ta’sis etilgan mukofotni topshirish marosimi 25 may kuni Norvegiya poytaxti Osloda bo‘lib o‘tadi.

Umida Ahmedova fotojurnalistgina bo‘lib qolmay, balki O‘zbekistondagi birinchi kinodokumentalist ayoldir. Uning fotosuratlari va hujjatli filmlarida O‘zbekistonda tilga olinishi taqiqlanib kelgan gender tengligi, qashshoqlik va etnik muammolar mavzulari yoritilgan.

"Umidaning ishlari O‘zbekistondagi yangi avlod fotosuratchilari uchun ilhom manbasi bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston hukumati mamlakat hayotining farovon va baxtiyor obrazini yaratishga intilayotganiga qaramay, Umidaning ishlari dunyodagi eng yopiq davlatlardan biri bo‘lgan davlatdagi real hayotni aks ettira oldi”, dedi Umida Ahmedova faoliyatiga baho bergan Amnesty International xalqaro tashkilotining Norvegiyadagi rahbari Jon Pedar Egines.

Умида Аҳмедова: Қўрқоқлар "ҳар эҳтимолга қарши" кўргазмаларимни тақиқлашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:12 0:00

Umida Ahmedova O‘zbekistondan xorijga chiqishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatida ekani ham aytilib kelinadi.

Masalan, 2015 yilning fevralida Rossiyaga ketayotgan Umida Ahmedova Toshkent aeroportidan ortga qaytarilgan. Rasmiylar buni Umida Ahmedova Rossiyaga kirishi taqiqlangan odamlar ro‘yxatida ekani bilan izohlagan.

2014 yilning 27 yanvar kuni Ahmedova, uning o‘g‘li va yana bir necha nafar faol Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi oldida Yevromaydonni qo‘llab-quvvatlab aksiya o‘tkazgani uchun Toshkent sudi tarafidan katta miqdora jarimaga tortilgan edi.

2014 yilda Toshkentda Umida Ahmedovaning fotosuratlarini “Bir makon” fotoko‘rgazmasida namoyish etilishi taqiqlandi.

2010 yili Umida Ahmedova suratlari va hujjatli filmlarida "o‘zbek xalqiga tuhmat va uni haqorat qilganlik"da ayblanib, Jinoyat Kodeksining 139-moddasi 3-bandi va 140-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan, keyinroq amnistiya akti bilan javobgarlikdan ozod qilingan edi.

Vatslav Havel nomidagi halqaro mukofotga joriy yilda Umida Ahmedovadan tashqari Eron qamoqxonasida vijdon tutquni bo‘lgan Atena Farhadoniy va rossiyalik rassom Petr Pavlenskiy ham loyiq topilgan.

Atena Farhadoniy Eron parlamenti deputatlari hayvon boshli odamlar sifatida tasvirlangan karikaturalari uchun 12 yilga qamalgan edi.

Petr Pavlenskiy esa prezident Vladimir Putin rejimiga qarshi norozilik sifatida o‘tkizgan tasviriy namoyishlari bilan tanilgan, jumladan, u KGBning davomchisi bo‘lib kelayotgan FSBning ramziy eshiklariga o‘t qo‘ygan.

Bu uch laureatga 25 may kuni Osloda mukofotni ramz etuvchi haykalchalar va 350 ming norveg kroni miqdoridagi pul mukofoti topshiriladi.

O‘tgan yillarda Vatslav Havel mukofoti xitoylik rassom Ay Veyvey, rossiyalik Pussy Riot guruhi, shimoliy koreyalik faol Park Sang Xak, saudiya arabistonilik huquq faoli Manal al Sharif hamda birmalik muxolifatchi Aun San Su Chjiga berilgan edi.

Taniqli dramaturg, yozuvchi va dissident Vatslav Havel Yevropa davlatlarida kommunistik tuzimning barham berilishiga omil yaratgan 1989 yili Chexoslovakiyada sodir etilgan bahmal inqilobi liderlaridan biri edi. U 1989 yildan 2003 yilgacha, dastlab Chexoslovakiya, so‘ngra Chexiya Respublikasining prezidenti bo‘lgan. 2003 yildan 2011 yilgacha Human Rights Foundation raisi lavozimida ishlagan.

Vatslav Havel 2011 yilning 18 dekabrida 75 yoshida vafot etgan.

XS
SM
MD
LG