Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:38

Samarqandlik urush faxriylari: Hukumat Georgiy lentasini taqma desa taqmaymiz...


“Nuroniy” jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda hozir 2300dan ko‘proq urush faxriysi qolgan.
“Nuroniy” jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda hozir 2300dan ko‘proq urush faxriysi qolgan.

Yevropaning ko‘pgina davlatlari va sobiq sovet o‘lkalarida Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 71 yilligi nishonlanmoqda. O‘tgan asr o‘rtalaridagi urushning barmoq bilan sanarli tirik guvohlaridan biri samarqandlik 93 yoshli Rashid ota Ozodlik bilan suhbatda o‘zining urush xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

93 yoshli Rashid ota 1942 yilda harbiy hizmatga chaqirtirilganida 18 yoshida edi.

U Rossiyaning Gorьkiy shahrida olti oylik harbiy tayyorgarlikdan o‘tib bo‘lganidan so‘ng, urush jabhasiga jo‘natilgan.

Rashid ota 1943 yilning yozida piyoda askar sifatida Kursk ostonasidagi qaqshatgich janglarda qatnashgan.

Keyinchalik, tankchi sifatida Ukraina, Belarus hamda Chexoslovakiyadagi janglarda qatnashgan.

Rashid ota Rahmonov Slovakiyaning Koshitse shahrida nemis qo‘shinlariga qarshi 1945 yildagi janglarda snaryad oskolkasidan yaralanib, bir ko‘zidan ayrildi.

Самарқандлик 93 ёшли уруш фахрийси Рашид ота билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:56 0:00
Бевосита линк

Ikkinchi Jahon urushi davrida 1,5 million o‘zbekistonlik frontga ketgan. Ulardan yarim millioni ortga qaytmagan.

Hozirgi kunda o‘zbekistonlik urush faxriylaridan ikki mingdan ziyodi hayot. Ularning soni yildan-yilga kamayib bormoqda.

“Nuroniy” jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda hozir 2300dan ko‘proq urush faxriysi qolgan.

Ko‘pchilik urush qatnashchilarining yoshi to‘qsondan oshgan. So‘nggi o‘n yil ichida ularni soni to‘rt baravar kamaygani aytiladi.

Bundan o‘n yil avval O‘zbekistonda 16 mingdan ortiq urush faxriysi bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG