Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:00

Rossiyalik sportchilar Sochi Olimpiadasida doping iste’mol qilgan


Rossiyalik sportchilar Sochi Olimpiadasida doping qabul qilgan

Rossiyaning Sochi shahrida 2014 yilda bo‘lib o‘tgan Qishki Olimpiada o‘yinlarida rus sportchilari doping iste’mol qilgan xolda musoboqalarida qatnashgan.

Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati xodimlari esa ularga doping bilan tushib qolmasliklariga yordamlashgan.

Bu haqda Rossiya antidoping agentligi – RUSADA sobiq rahbari Vitaliy Stepanov Si-Bi-Es kanali muxbiri bilan suhbatda ta’kidladi.

Hozirda Kanadada yashayotgan Stepanov Sochida oltin medal olgan kamida to‘rt rossiyalik sportchi steroid moddasini qabul qilgan xolda musobaqalarda qatnashganini iddao qilgan.

RUSADA sobiq rahbari Vitaliy Stepanovning Si-Bi-Es muxbiri bilan to‘liq suhbati ertaga namoyish etilishi kutilyapti.

Ayni paytda bu yilgi Yozgi Olimpiadaga rossiyalik yengil atletikachilarning qatnashishi savol ostida turibdi.

O‘tgan yil kuzida Jahon dopingga qarshi agentlik rossiyalik sportchilar tomonidan taqiqlangan preparatlar doimiy tarzda foydalanib kelinganini aniqlagan edi.

Shu tariqa Rossiya noma’lum vaqtga yengil atletika federatsiyasi musobaqalaridan chetlashtirilgan.

Dopingga qarshi agentlik hisoboti 2014 yil dekabrda Germaniya televideniesida namoyish etilgan rossiyalik sportchilarning doimiy ravishda doping iste’mol qilishlariga bag‘ishlangan filmdan keyin boshlangan shaxsiy tekshiruv natijalariga asoslangan.

XS
SM
MD
LG