Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:35

Qozog‘iston politsiyasi Olma ota shahri markaziga yig‘ilgan o‘nlab odamni hibsga oldi


Qozog‘istonning Olma ota shahrida 7 may kuni politsiya shaharning markaziy maydoniga yig‘ilgan o‘nlab odamni hibsga oldi.

Politsiya shaharda yangi norozilik to‘lqini kelib chiqishi oldini olish uchun shunday choraga qo‘l urgani aytilmoqda.

Odamlar shahar markaziy hiyobonidagi yodgorlikka gul qo‘ygani kelishganini aytishgan esa-da politsiya ularni qo‘lini qayirib, olib ketgan va kechga yaqin qo‘yib yuborgan.

Qozog‘istonda yerni xorijliklarga sotish va ijaraga berish masalasi ortidan bir qancha shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi.

Norozilik namoyishlariga qozoq rasmiylarining joriy yil 1 iyulidan ekin ekiladigan 1 million 700 ming gektar er kimoshdiga qo‘yilishi haqidagi bayonotlari sabab bo‘lgan.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev 26 aprel kuni yer sotilishi masalasini chayqov qilayotgan provokatorlar “fosh qilinishi va jazoga tortilishi lozim”ligi haqida bildirgandi.

Rasmiylarning tahdidlariga qaramay, muxolifat yer masalasi bo‘yicha 21 may kuni umummilliy miting uyushtirmoqchi.

XS
SM
MD
LG