Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:43

Armaniston va Ozarbayjon bir-birini otashkesimni buzishda aybladi


Armaniston va Ozarbayjon bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzishda ayblamoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 8 may kuni tarqatgan bayonotga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ mintaqasida armani kuchlari o‘tgan 24 soat ichida otashkesimni 120 martadan ko‘proq buzganlar.

7 mayda esa Armaniston Mudofaa vazirligi ozariy kuchlari Armanistonning shimoli-sharqiy chegara hududlarini bombalaganini ma’lum qilgandi.

5 aprelda Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan edilar.

Aprel oyi boshida Tog‘li Qorabog‘da 1994 yilda erishilgan otashkesimdan buyon eng kuchli to‘qnashuvlarda sahna bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG