Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:20

15 yillik haydovchi: Chegarachilar orasida pulni kam oladigani o‘zbeklar


Moskvadan Ashxobodga 18 tonna shirinlik olib ketayotgan o‘zbekistonlik haydovchi mintaqa davlatlaridagi yo‘llarning sifatidan shikoyat qildi.

15 yildan buyon Rossiyadan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonga yuk tashgan haydovchi O‘zbekiston yo‘llariga "5 ballik sistema bo‘yicha 3,5 ball" berdi. Ayni paytda, chegarachilar va bojxonachilar odat qilgan "ber-ber"lar haqida ham gapirib berdi.

- Hozir mana Qozog‘istonning Mang‘istau oblatidan O‘zbekiston chegarasiga qarab ketayapman. U yerda qozoqlarning "Tajin" deb nomlagan chegara punkti, o‘zbeklarning "Dovud ota" chegara o‘tkazish punkti bor. Hozir o‘sha chegaragacha 87 kilometr yo‘l bor - nomi yo‘l-da. Na asfalьt bor. Ikki-uch kun yomg‘ir yoqqan - endi rasvo-o-o. Soatiga 15-16 kilometr tezlikda zo‘rg‘a yurayapmiz. O‘zbekistonniki bularnikidan sal yaxshiroq, 5 ballik sistema bo‘yicha 3,5 ball bergan bo‘lardim. Turkmanlarda ham yo‘l rasvo. Eng yaxshi yo‘l - Eronda, - deydi ismini oshkor etishni istamagan haydovchi.

Shuningdek, u yo‘llarda chegarachilari, militsiya va bojxonachilar tomonidan pul talab qilinishiga oid holatlarni ham tilga oldi va bu borada "o‘zbeklar pulni kam so‘raydi", degan xulosasini aytdi.

OzodMikrofon: Ўзбек-қозоқ чегарасидаги "бер-бер" ҳайдовчиларни эзиб ташлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:44 0:00
Бевосита линк

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG