Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:25

Toshkentda kuchli shamol yiqitgan daraxtlar ko‘plab avtomashina va binolarni shikastladi


Dushanbaga o‘tar kechasi kuzatilgan kuchli shamol oqibatida Toshkentda daraxtlar va simyog‘ochlar qo‘porilgan, pirovardida yon-atrofdagi avtomobillar va binolarga shikast yetgan. Tunda sodir bo‘lgan momaqaldiroq, chaqin va kuchli jala odamlarning aqlini shoshirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan suratlarda shamol qulatgan daraxtlar tagida ko‘plab avtomobillar qolib ketganini ko‘rish mumkin.

“O‘zgidromet” markazining xabar qilishicha, shu kabi shiddatli jala va shamol O‘zbekistonning aksar hududida 10 may kuni ham kuzatilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG