Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:36

Halabda otashkesim tartibi 2 kunga uzaytirildi


Suriya harbiy qo‘mondonligi mamlakat shimolida joylashgan Halab shahri va uning yon-atrofida 10 maydan e’tiboran otashkesim tartibi yana 48 soatga cho‘zilganini e’lon qildi. Avvalgi kelishuvga muvofiq, bu mintaqada otashkesim tartibi 9 may kuni tugashi kerak edi.

So‘nggi haftada Halab va uning atrofida hukumat kuchlari va isyonchilar o‘rtasida to‘qnashuv kuchayib ketdi, bu esa hukumat va muxolifat o‘rtasida Jenevada o‘tkazilayotgan muzokaralarni barbod qilayozdi.

29 apreldan otashkesim tartibini tiklashga uringan tomonlar muayyan hududlarga, shu jumladan, Halabga tegishli alohida-alohida bir necha bitim tuzdi, shunga qaramay, shaharda to‘qnashuvlar davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG