Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:53

“Panama hujjatlari”: 104 nafar o‘zbekistonlik offshorga ega


Vashingtondagi Jurnalistik surishtiruv xalqaro konsorsiumi (ICIJ) “Panama hujjatlari”ni jamoatchilikka oshkor etishi ortidan yuzdan ziyod o‘zbek fuqarosining ofshor hisobiga egaligi ma’lum bo‘ldi.

O‘z boyliklarini yashirish va soliqdan qochish maqsadida Panamada ofshor ochgan o‘zbekistonliklarning aksari Toshkent va Farg‘ona vodiysining uchta viloyati – Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatidan ekani ayonlashdi.

Panamada joylashgan Mossack Fonseca yuridik shirkatiga taaluqli o‘n bir million hujjat Germaniyada chiqadigan Suddeutsche Zeitung gazetasiga sizdirilgan va ular hujjatlarni Jurnalistik surishtiruv xalqaro konsortsiumi bilan baham ko‘rgan edi.

Bu hujjatlar Mossack Fonseca ning qay tarzda mijozlariga pullarni yuvishda, jazo choralarini chetlab o‘tishda va soliqlardan bo‘yin tovlashda yordam berganini ko‘rsatadi.

XS
SM
MD
LG