Линклар

O‘zgidromet aholini shanba kuni kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi


O‘zbekiston gidrometerologlari aholini 14 may kuni mamlakat shaharlarida o‘ta kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi.

O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, shanba kuni O‘zbekiston shaharlarida sekundiga 17-22 metr tezlikdagi kuchli shamol yuz berishi mumkin. Lekin havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

9 mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida, jumladan, poytaxt Toshkentda qattiq shamol oqibatida o‘nlab darahtlar qo‘porilib tushgan, buning oqibatida ko‘plab avtomashinalar zarar ko‘rgan edi.

XS
SM
MD
LG