Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:40

AQShdan O‘zbekistonga dori-darmondan iborat insonparvarlik yordami olib kelindi


Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga insonparvarlik yordami doirasida umumiy qiymati 2 million 255 ming dollarlik dori-darmonlarni topshiradi.

Seshanba kuni AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamella Spratlen hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov mazkur insonparvarlik yordami Toshkentga yetib kelganini matbuotga ma’lum qildi.

Dori-darmonlar “GlaksoSmitKlyayn” hamda“Merk Sharp va Doum” farmatsevtika shirkatlari tomonidan taqdim etilgan. Insonparvarlik yordami “O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan Toshkentga bepul olib kelingan.

1992 yildan to shu kungacha AQSh USAID tashkiloti orqali O‘zbekistonga 365 million dollarlik ko‘mak ko‘rsatgan.

XS
SM
MD
LG