Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:02

Moskvada pasportini yo‘qotgan buxorolik ayol uni topishda yordam so‘ramoqda


Dilraboga ko‘ra¸ uning pasporti 9 may kuni Pavlovskiy possad shaharchasidagi vokzal atrofida yo tushib qoldirilgan¸ yoki o‘g‘irlangan.
Dilraboga ko‘ra¸ uning pasporti 9 may kuni Pavlovskiy possad shaharchasidagi vokzal atrofida yo tushib qoldirilgan¸ yoki o‘g‘irlangan.

Buxorolik 27 yashar Dilrabo Eshmurodova 9 may kuni Moskva viloyati Pavlovskiy possad shaharchasida O‘zbekiston biometrik pasportini yo‘qotib qo‘ygan. O‘zbek muhojirlari Ozodlikka muntazam kirgani bois¸ balki ulardan kimdir pasportimni topgan bo‘lsa¸ qaytib berar¸ degan ilinjda Dilrabo Ozodlik orqali yurtdoshlariga murojaat qildi.

Dilraboning Ozodlikka aytishicha¸ pasporti erining orqa cho‘ntagida bo‘lgani uchun¸ na uni tushirib qoldirishgani va na uni birov o‘g‘irlaganini bilishmaydi.

“Tushirib qoldirgan bo‘lsak ham¸ o‘g‘irlashgan bo‘lsa ham¸ bu voqea shahar vokzali atrofida bo‘ldi”¸ deydi Dilrabo.

Unga ko‘ra¸ 9 may kuni ular yurgan ko‘chada o‘zbekistonlik muhojirlar ko‘p bo‘lgan.

- Ulardan balki kimdir pasportimni topgan bo‘lsa ham¸ uni politsiyaga topshirishdan qo‘rqib¸ egasini qaerdan topishni bilmay o‘tirirgandir. Iltimos¸ pasportimni topishda yordam beringlar¸ deydi Dilrabo Eshmurodova.

Паспортини йўқотган бухоролик Дилрабо билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:18 0:00
Бевосита линк

2014 yil 27 mart kuni sanasi bilan Buxoro viloyati IIB tomonidan 1979 yilda tug‘ilgan Dilrabo Eshmurodova nomiga berilgan O‘zbekiston pasportini topganlar bo‘lsa¸ ular Dilraboning turmush o‘rtog‘i Anvarning +926 649 97 49 raqami¸ yoki Ozodlikning Moskvadagi muxbiri Umidbekning +926 530 80 43 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib¸ egasiga qaytarishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG