Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:50

Iroqda xudkush hujumida shialar mavzesidagi 63 kishi qurbon bo‘ldi


Iroq rasmiylari Bag‘dodning shialar istiqomat qiladigan mavzesidagi portlashda o‘lganlar soni kamida 63 kishiga etganini ma’lum qildi.

Bu yerda bomba o‘rnatilgan avtomobil portlashi natijasida yana 80 kishi jarohatlandi. Bulardan ayrimlarining jarohati og‘ir ekani aytilmoqda.

Bu keyingi yillar ichida Bag‘dodda kuzatilgan eng kuchli portlashlardan biri sifatida qayd etildi. Avtomobil shaharning sharqiy qismidagi Sadr Siti tumanida joylashgan bozorlardan birida portlatildi.

Bu portlash uchun mas’uliyatni "Islomiy davlat" o‘z zimmasiga oldi va buni ushbu hududda yig‘ilgan qurolli shialar guruhiga qarshi uyushtirilgan hujum, deb atadi.

Keyingi paytlarda Iroqning shimoli-sharqidagi kattagina hududni egallab turgan "Islomiy davlat" terrorchilari shia jamoalariga nisbatan hujumlarini oshirmoqda.

XS
SM
MD
LG