Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:06

"Panama hujjatlari"dan Dariga N. Nazarbayeva nomi chiqdi


Internetda e’lon qilingan "Panama hujjatlari" ma’lumotlar bazasida «Dariga N. Nazarbayeva» nomi borligi ma’lum bo‘ldi.

9 may kuni surishtiruv bilan shug‘ullanuvchi Jurnalistlar xalqaro konsorsiumi – ICIJ “Panama hujjatlari” loyihasiga doir 200 mingdan ortiq hujjat jamlangan ma’lumotlar bazasini onlayn resursda e’lon qildi.

ICIJ tashkilotiga ko‘ra, Dariga N. Nazarbayeva 2007 yildan 2012 yilgacha Virjiniya orollaridagi Asterry Holdings LTD. offshor shirkati egalaridan biri bo‘lgan. Bu shaxsning Qozog‘iston prezidenti qizi Darig‘a Nazarboeva ekani taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, ushbu hujjatlarda Darig‘a Nazarboevaning o‘g‘li Nurali Alievning ismi ham bor.

Panamada joylashgan Mossack Fonseca yuridik shirkatiga taaluqli 11 million hujjat o‘tgan oyda Germaniyada chiqadigan Suddeutsche Zeitung gazetasiga sizdirilgan va bu hujjatlar jahon matbuotida katta shov-shuv bo‘lgan edi.

9 may kuni omma ixtiyoriga havola qilingan 200 mingdan ortiq hujjatda 104 nafar o‘zbekistonlikning nomi bor.

XS
SM
MD
LG