Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:07

Kreml "Panama hujjatlari" o‘g‘irlangan, deb bayonot berdi


Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov "Panama hujjatlari" deya ochiqlangan ma’lumotlar bazasini "o‘g‘irlangan", deb ta’kidladi va shirkatlar tomonidan offshor hududlarning qo‘llanishini "noqonuniy harakat emas" deb quvvatladi.

O‘tgan oyda Panamada joylashgan Mossack Fonseca yuridik shirkatiga taaluqli 11 million hujjat Germaniyada chiqadigan Suddeutsche Zeitung gazetasiga sizdirilgan va bu hujjatlar jahon matbuotida katta shov-shuv bo‘lgan edi.

Hujjatlarda qator yuqori lavozimli Rossiya rasmiylari Mossack Fonseca advokatlik shirkati yordamida oila-a’zolari nomiga ochilgan offshor kompaniyalar orqali daromadini soliqdan yashirgani va shubhali pullarini yuvgani ko‘rindi. Ularda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulukaev, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevga kabi Putinning sodiq safdoshlari oila-a’zolarining nomi bor.

9 may kuni esa surishtiruv bilan shug‘ullanuvchi Jurnalistlar xalqaro konsorsiumi – ICIJ “Panama hujjatlari” loyihasiga doir 200 mingdan ortiq hujjat jamlangan ma’lumotlar bazasini onlayn resursda e’lon qildi. Bu hujjatlarda 104 nafar o‘zbekistonlikning ham nomi bor.

XS
SM
MD
LG