Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:40

Nyu - Yorkda yana bir o‘zbekistonlikka IDga aloqadorlik ayblovi bildirildi


IDga aloqadorlikda ayblangan o‘zbeklarning suddagi surati. Chapda Axror Saydaxmetov, o‘rtada sud tarjimoni va o‘ngda Abdurasul Jo‘raboev. Nyu-York, 2015 yil 25 fevral.
IDga aloqadorlikda ayblangan o‘zbeklarning suddagi surati. Chapda Axror Saydaxmetov, o‘rtada sud tarjimoni va o‘ngda Abdurasul Jo‘raboev. Nyu-York, 2015 yil 25 fevral.

AQShda 11 may kuni O‘zbekiston fuqarosi Azizjon Raxmatov “Islomiy davlat” guruxini qo‘llab quvvatlaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

28 yoshli Azizjon Raxmatovga Nyu Yorkning Bruklin sudida ayblov bildirilgan.

Prokurorlarga ko‘ra, Raxmatov ijtimoiy tarmoqlar orqali “Islomiy davlat”ga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab quvvatlagan, ularga Suriyaga yetib olish uchun o‘zi ishlab topgan pullardan bergan hamda bu maqsadlar uchun boshqalardan ham pul yiqqan.

Prokurorlaroning aytishlaricha, Azizjon Raxmatov Bruklinda yashayotgan o‘zbekistonlik Abdurasul Jo‘raboev va qozog‘istonlik Axror Sayidaxmetov “Islomiy davlat” safiga qo‘shilishi uchun Suriyaga ketishga harakat qilganlikda ayblanib qo‘lga olinganidan so‘ng politsiya nazariga tushgan.

Raxmatov va undan oldin qo‘lga olingan Abror Habibov, Dilhayot Qosimov va Akmal Zokirovlar Sayidaxmetovga bu maqsadni amalga oshirishda ko‘maklashgan. Sayidaxmetov o‘tgan yilning fevralida Nyu Yorkning Jon Kennedi aeroportidan Istambulga uchib ketishga harakat qilayotgan paytda qo‘lga olingan.

Mazkur ish bo‘yicha qo‘lga olingan Abdurasul Jo‘raboev o‘tgan yilning avgustida o‘tgan sud jarayonida o‘ziga bildirilgan ayblovni tan olgan.

XS
SM
MD
LG