Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:49

Toshkent texnika universiteti qayta tashkil etiladi


Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qayta tashkil qilinadi.

O‘zbekiston prezidentining 2 mayda imzolagan qaroriga muvofiq Toshkent davlat texnika universitetining tashkiliy tuzilmasi Mashinasozlik texnologiyalari fakulteti, muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakulteti va Energetika fakultetidan iborat bo‘ladi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ikkita yangi fakultet — Muhandislik tizimlari fakulteti va Muhandislik-fizika fakulteti ochiladi.

Universitetning Neft va gaz fakulteti talabalari esa o‘qishni Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialida davom ettiradi.

Bunga qadar universitetda Mexanika-mashinasozlik, Geologiya va konchilik ishi, Aviatsiya, Elektronika va avtomatika, Energetika, Neft va gaz hamda Sanoat tarmoqlarini boshqarish kabi yettita fakultet faoliyat yuritar edi.

XS
SM
MD
LG