Линклар

Шошилинч хабар
22 январ 2021, Тошкент вақти: 02:56

Tojikistondagi sel oqibatida 1000 dan oshiq uy suvda qoldi


O‘tgan tunda poytaxt Dushanbega yaqin qator qishloqlarni sel oldi va oqibatda mingdan oshiq uy suv ichida qoldi.

Kuchli yomg‘irdan keyin Elok daryosi o‘z qirg‘og‘idan toshgani oqibatida¸ o‘nga yaqin qishloqni suv bosgan.

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Orif Nozimovga ko‘ra¸ hozirda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus komitet tashkil etilgan va bu jarayonga harbiylar ham jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra¸ aholi orasida talofatlar yo‘q va suv bosgan qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan.

Ayni paytda¸ aholi chorvasi¸ shuningdek¸ ekinlarga kattagina talofat etgani aytilmoqda.

Sinoptiklarga ko‘ra¸ 10-15 may kunlari butun Tojikiston bo‘ylab kuchli ëmg‘ir va do‘l kelishi¸ oqibatda sel va ko‘chki ehtimoli kuchayishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG