Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:30

Ozodlik rahbariyati qrim-tatar sayti to‘silganini qoraladi


Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi bosh muharriri Nenad Peich ukrain xizmatining qrim-tatar sayti to‘sib qo‘yilganini matbuot erkinligi va fuqarolarning erkin axborot olish haqqiga zid harakat sifatida qoraladi.

Bu harakatni “agressiv” deb baholagan radio bosh muharriri¸ undan maqsad Rossiya va Qrim auditoriyasini anneksiya haqidagi haqiqatdan uzoq tutish ekanini ta’kidladi.

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim prokurori Natalya Poklonskaya o‘z idorasi tomonidan to‘plangan materiallar asosida Roskomnadzor qrim-tatar saytini to‘sib qo‘yganini e’lon qildi.

Ozodlik radiosi ukrain xizmatining Qrimdagi asl voqelikni yoritish maqsadida tashkil etilgan sayti rus¸ ukrain va qrim-tatar tillarida mazkur sayti Rossiya yarim orolni 2014 yil yozida anneksiya qilishi ortidan ish boshlagan edi.

XS
SM
MD
LG