Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 19:50

OzodNazar: Yuragida o‘ti borlar qaytsin, O‘zbekistonda o‘zgarish bo‘ladi!


O‘zbekiston elitasining Latviyada muhtasham hayot gashtini surayotgan arzandalari, shu kunlarda ommaviy chopiqqa chiqarilayotgan davlat tashkiloti va korxonalar ishchilari, yillardan buyon yo metallolom, yoxud pul berishga majburlanayotgan ishchi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ota-onalari haqidagi mavzularda OzodNazar ruknining navbatdagi mehmoni - toshkentlik iqtisodchi Toshbek o‘z nuqtai nazarini bildirdi.

Aksar tengdoshlaridan farqli ravishda, bu oliy ma’lumotli yosh mutaxassis, yuqorida tilga olingan uch mavzuni birlashtirib turgan asosiy jihat - O‘zbekistondagi bugungi iqtisodiy og‘ir ahvolni o‘nglash mumkin, deb ishonch bildirdi.

Uning fikricha, buning uchun O‘zbekistondagi iqtidorli yoshlar, elita vakillarining arzandalari kabi, Latviya yoki boshqa xorijiy davlatlarga ketvormasligi kerak. Aksincha, xorijda yurgan "yuragida o‘ti borlar" yurtiga qaytishi lozim.

Quyida Toshbek bilan suhbatni tinglang:

OzodNazar: Юрагида ўти борлар қайтсин, Ўзбекистонда ўзгариш бўлади!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:48 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG