Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:45

Drondan foydalanish uchun 10 yillik qamoq joriy qilinishi mumkin


O‘zbekistonda drondan foydalanish uchun 10 yillik qamoq jazosi joriy qilish rejalanmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasi hozirda muhokama qilinmoqda.

"O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qonun loyihasida mamlakat havo hududidan noqonuniy foydalanish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kiritish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, dronlardannoqonuniy foydalanish eng kam ish haqining 100 dan 200 barobari miqdorida jarimaga tortilib, 15 kunlik hibs belgilanishi mumkin.

Agar jarima qo‘llanilgach, takroran drondan foydalanilsa, 2 yilgacha axloq-tuzatish ishlari yoki 3 oy hibs ko‘rinishidagi jazo tayinlanadi.

Drondan foydalanish natijasida qurbonlar bo‘lsa, 3 yilgacha axloq-tuzatish ishlari yoki 5 yildan 10 yillik qamoq belgilanishi mumkin.

O‘zbekistonda dronlarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanish 2015 yil 1 yanvaridan taqiqlangan.

Bosh qarorgohi AQShda joylashgan Amazon Internet magazini mijozlari buyurtmalarini dronlar yordamida eltib berish g‘oyasini 2013 yili ilgari surgan edi. So‘nggi xabarlarga qaraganda, Amazon bu sohadagi urinishlarini muvaffaqiyat bilan davom ettirmoqda.

XS
SM
MD
LG