Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:48

Rossiyada o‘zbek muhojirlari janjalida 2 kishi to‘pponchadan yaralandi


Rossiyaning Kaliningrad shahrida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari o‘rtasida kelib chiqqan janjalda ikki o‘zbek to‘pponchadan jarohatlandi.

Klops.Ru ma’lumotiga ko‘ra, shaharning markaziy bozorida savdo bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik muhojirlar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Voqea guvohlariga ko‘ra, janjal payti o‘zbek muhojirlaridan biri yonidan travmatik to‘pponchani olib chiqib, sheriklariga qarata ikki marta undan o‘q uzgan.

To‘pponchadan ikki kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda politsiya voqea bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini olib borayapti.

XS
SM
MD
LG