Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:42

GM Uzbekistan amaldori 68 xaridorning pulini yeb ketgani aniqlandi


Rasmiy matbuot “GM Uzbekistan” shirkati ta’minot tizimi direktori o‘rinbosari 70 ga yaqin fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilib, 667 ming dollarga yaqin mablag‘ini o‘zlashtirib yuborganini yozmoqda. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy nashri bo‘lgan "Huquq" gazetasi amaldorga tegishli jazo berilganini xabar qildi. Bu so‘nggi paytlarda shirkatda bo‘layotgan keng ko‘lamli hibslarga oid xabarlarning yana bir tasdig‘idir.

"Huquq" gazetasining yozishicha, “GM Uzbekistan” kompaniyasi ta’minot tizimi direktori o‘rinbosari Ravshan Iskandarov avtomobil olib berish va’dasi bilan 68 nafar fuqaroni aldagan.

"Kun.uz" sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Iskandarov 2012-2014 yillarda turli rusumdagi avtomobillarni ma’lum vaqtda olib beraman deya, fuqarolardan qariyb 667 ming dollar va 65,1 million so‘m mablag‘ yiqqan.

"2012 yil avgust oyidan 2014 yil avgust oyiga qadar... Ravshan ulardan qariyb 667 ming AQSh dollari va 65 mln 121 ming so‘m oladi. Pullarning 51 ming AQSh dollarini ukasiga, 415 ming AQSh dollarini kasalxona qurilishi uchun beradi. Qolgan pullarni esa o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuboradi. Bu borada unga to‘rt marta sudlangan tanishi Zaynobiddin Nizomov ko‘maklashgan" deb yozmoqda nashr.

Xabarda qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Anjidon viloyat sudi sudlanuvchilarni jazolagan, ammo qanday jazo berilgani, xususan, kuyib qolgan xardiorlarga puli qaytarilganmi-yo‘qmi - bu haqda ma’lumot berilmagan.

GM Uzbekiston shirkati ta’minot tizimi rahbari muovini va bir qancha shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqda Ozodlik avval xabar bergan edi.

Avvaliga shirkat bosh direktori Tohir Jalilov, oradan qisqa muddat o‘tib, direktordan tashqari yana kamida 10 odam hibsga olingani xabar qilingan. Buning ortidan “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulovning ham tergovga chaqirilgani haqida Ozodlik manbalari xabar qilgan edi.

Shu kunda esa bu hibslar ortidan GM Uzbekistan shirkati hamda bu shirkat bilan hamkorlik qilgan yana qator shirkatlarda keng qamrovli tekshiruvlar borayotgani ma’lum bo‘ldi.

Manbalarga ko‘ra, GM Uzbekistan zamodiga butlovchi jihozlar tayyorlab bergan shirkatlarga tovar va xizmatlari uchun o‘z vaqtida pul to‘lanmagan va bu ham tergovchilar tarafidan “kriminal sxemaning bir qismi” deya malakalangan.

Tergov davom etayotgan ayni kunlarda Ozodlik elektron pochtasiga GM Uzbekistan shirkatiga butlovchi jihozlar etkazadigan shirkatlardagi qallobliklar haqida iddaoli ma’lumot ham yetib keldi.

Bu ma’lumotda O‘zbekiston Davlat Soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiev qarindoshlarining GM Uzbekistan shirkatiga “avtoradio yetkazib berish bilan bog‘liq qallobliklar” qilgani iddao qilinadi.

Bundan avvalroq Soliq qo‘mitasi raisi¸ general-leytenant¸ Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatovning qudasi Botir Parpievning GM Uzbekistandagi jinoiy sxemalarga aloqasi borligini Uzmetronom Internet nashri ham iddao qilgan edi.

Ozodlik hozircha bu ma’lumotlarni rasman tasdqiqlovchi hujjatga ega emas.

Ozodlikning “O‘zavtosanoat” korxonasidagi manbasi esa shu kunlarda konveyer to‘xtagani, ammo “avtomobil zavodi faoliyati to‘xtatilishi vaqtinchalik holat" ekanini tasdiqlagan. Ammo, boshqa manbalar shu kunlarda Asakadagi zavodda ishlab chiqarish deyarli to‘xtatib qo‘yilganini aytmoqdalar.

Aslida, GM Uzbekistan 2016 yil may oyida yangi Chevrolet Aveo modelini ishga ishlab chiqarishni boshlashi lozim edi. Yangi T250 platforma asosida yasaladigan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun korxonaga 104,2 mln dollar investitsiya kiritilgani xabar qilingan.

O‘zbekiston vazirliklaridan birida ishlovchi Ozodlik manbasining aytishicha¸ shu kunlarda tergovchilar ana shu sarmoya taqdiri bilan ham qiziqmoqda.

“O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi va O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulovning tergovga chaqirilgani ham T250 platforma asosida yasaladigan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun olingan 104,2 mln dollar mablag‘ bilan bog‘liq¸" degan edi Ozodlik manbasi.

Bundan tashqari, korxonada ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt, Lacetti, Gentra¸Malibu, Matiz va Spark kabi 12 modeldagi avtomobillar uchun olingan sarmoyalarning ham maqsadli ishlatilmagani borasidagi iddaolar o‘rtaga chiqqani aytilmoqda.

2010 yildan beri o‘zbek avtokontsernini boshqarayotgan va ayni paytda "O‘zavtosanoat" hissadorlik shirkati boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan Tohirjon Jalilov tovlamachilik yo‘li bilan shirkat pullarini o‘zlashtirganlikda gumon qilinib, may oyi boshida hibsga olingan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Jalilov GM Uzbekistan korxonasi ishlab chiqargan mashinalarni Rossiyaga eskport qilishda noqonuniy sxemalar yordamida katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Aytilishicha, Jalilov bilan birgalikda boshqa mulozimlar ustidan ham nazorat tartibida tergov boshlangan.

XS
SM
MD
LG