Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:28

Rossiya senatori: "O‘zbekiston va Tojikiston bilan viza joriy etilsin"


Xovanskiy qabristonidagi janjalda uch kishi halok bo‘lgan va yana kamida 23 kishi kasalxonaga yotqizilgan
Xovanskiy qabristonidagi janjalda uch kishi halok bo‘lgan va yana kamida 23 kishi kasalxonaga yotqizilgan

Rossiya senati – Federatsiya Kengashi vakili MDHga a’zo qator davlatlar, jumladan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga viza tartibini joriy etish talabi bilan chiqdi.

Senat mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Serebrennikovning RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, bunday talabning qo‘yilishi Moskvadagi Xovanskiy qabristonidagi kabi qonli hodisalarni bartaraf etishga qaratilgan.

"Migratsion qonunchilikni tekislash va keskinlashtirish vaqti keldi. Biz u yoki bu qonunni qabul qilayotgan paytimizda odatda demokratik davlatlar tajribasiga tayanamiz, lekin ayrim hollarda bunday qilish noto‘g‘ri. Davlat xavfsizligi muhimroqdir," dedi senator Yevgeniy Serebrennikov.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 14 may kuni Moskvaning Xovanskiy qabristonida yuz bergan ommaviy janjalda uch nafar Tojikiston fuqarosi halok bo‘lgan va yana 23 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Yaralanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi xabar qilinadi.

Xabarda ta’kidlanishicha, janjalda O‘rta Osiyolik va Qafqozlik 200ga yaqin odam ishtirok etgan va ulardan 50 nafari hodisa joyida ushlangan.

RIA Novosti agentligi o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, janjal qabristonda ishlovchi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolariga Dog‘iston va Chechenistonliklarning hujum qilishi bilan boshlangan.

Qonli hodisaga kavkazliklarning o‘rta osiyoliklardan o‘lpon talab qilishi sabab bo‘lgan.

Yevgeniy Serebrennikov oxirgi bir oy ichida O‘rta Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston bilan viza tartibini joriy etishni talab qilgan Rossiya parlamentining uchinchi vakilidir.

2 mayda Rossiya Federatsiya Kengashi mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘ining muovini Frants Klintskevich, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan viza joriy etish taklifi bilan chiqish niyatida ekanini aytgandi.

U Rossiya viza o‘rnatishi kerak bo‘lgan davlatlarni tilga olmagan, ammo "gap Qirg‘iziston va Qozog‘iston haqida bormayapti", degandi.

29 aprelda esa Rossiya parlamenti quyi palatasi - Duma vakili Ilya Drozdov ham ayni taklif bilan chiqqandi.

U o‘z taklifini Markaziy Osiyo mamlakatlarida ruslarning haq-huquqlari poymol etilayotgani bilan izohlagandi.

Ammo tahlilchilar nazariga ko‘ra, hozirgi sharoitda sobiq Sovet Ittifoqi respublikalar fuqarolariga viza joriy etish uchun Rossiyada na moliyaviy na jismoniy imkoniyat mavjud.

XS
SM
MD
LG