Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:03

Lola Karimova-Tillyaeva Global Gift mukofotini olganini xabar qildi


Lola Karimova-Tillyaeva mukofot olganini Facebook sahifasi orqali xabar qildi
Lola Karimova-Tillyaeva mukofot olganini Facebook sahifasi orqali xabar qildi

Prezident Karimovning keja qizi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi vakili Lola Karimova-Tillyaeva Global Gift Foundation tashkilotining mukofotini oldi. Bu haqda Karimova-Tillyaeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi.

Karimova-Tillyaevaning Facebook sahifasida uchinchi shaxs nomidan berilgan xabarda “mukofotni “Global Gift Foundation” tashkiloti nomidan mashhur aktrisa va filantrop Yeva Longoriya topshirdi” deyiladi.

“Mukofotni topshirar ekan “Global Gift” tashkiloti Lola Karimova-Tillyaevaning xayriya faoliyati hamda u rahbarlik qiluvchi “Sen Yolg’iz emassan” Fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan yordamga muhtoj bolalar va oilalarga berilib kelayotgan ko‘makni alohida ta’kidlab o‘tdi”, deya xabar qildi o‘zi haqida prezident qizi.

Lola Karimova-Tillyaeva Hollivudda “Oskar” marosimi yonida o‘tkazilgan bazmi-jamshidda eri Timur Tillyaev bilan ishtirok etgani haqida xabar qilgan edi
Lola Karimova-Tillyaeva Hollivudda “Oskar” marosimi yonida o‘tkazilgan bazmi-jamshidda eri Timur Tillyaev bilan ishtirok etgani haqida xabar qilgan edi

Global Gift Foundation har yili o‘tkazadigan marosim bu safar Kann shahrida o‘tkazildi. Ayni kunlarda Fransiya janubidagi moviy sohilda 69-Xalqaro Kann kinofestivali o‘tkazilmoqda.

O‘zbeksiton birinchi oilasi vakillari Kann kinofestivaliga yo‘ldosh bazmi jamshidlar kunda-shundalari sifatida tanilgan. 2010 yilda O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Kann festivali yonida kinoyulduzlar va mashhur kishilar ishtirokida o‘tkazilgan OITSga qarshi xayriya kechasida qatnashgani janjalga sabab bo‘lgan edi. O‘sha marosimdan bir necha oy oldinroq O‘zbekistonda OITSga qarshi kurash bilan shug‘ullangan faol Maksim Popovning “o‘zbek zehniyatiga zid” targ‘ibot materiallarini taqatganlik aybi bilan qamoqqa tashlangan bir paytda bu mamlakat birinchi oilasi vakilining “Kino OITSga qarshi” xayriya kechasida ishtirok etishi keskin tanqidga uchragan edi.

O‘sha paytda Gulnora Karimova bu kechada yulduzlar bilan birga bo‘lish uchun 500 ming AQSh dollari miqdorida haq to‘lagani xabar qilingan edi.

O‘zbekistonning YuNESKOdagi vakili Lola Karimova-Tillyaeva shu yil boshrog‘ida o‘ziga qarashli ijtimoiy tarmoq sahifalarida Hollivudda “Oskar” mukofotini topshirish marosimi yonida o‘tkazilgan bazmi-jamshidda eri Timur Tillyaev bilan ishtirok etgani haqidagi xabarlarni ham tarqatgan edi.

XS
SM
MD
LG