Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:17

Eronda hijobsiz ayollar suratini yoyinlagan sakkiz kishi hibs etildi


Iran -- photo for Facebook hijab protest, undated
Iran -- photo for Facebook hijab protest, undated

Eron rasmiylari hijobsiz modellar suratini Internetda chop qilganlikda gumonlangan 8 kishini hisbga oldilar. Davlat telekanali xabarida Instagram’da surati tarqalayotgan 170 kishining shaxsi aniqlangani aytiladi. Ular orasida 58 nafar model, 51 nafar kiyim dizayneri, 59 nafar fotosuratchi va vizajist bor. Bu odamlar “Eronda oila asoslarini qo‘porayotganlik”da ayblanmoqda.

Aytilishicha, hozirda 29 kishiga nisbatan ayblov bildirilgan. Politsiya ularni surat tarqatuvchi tarmoqning “asosiy menejerlari va ishtirokchilari” deb atamoqda.

Eron davlat telekanali reportajida bir ayol o‘z suratlarini pul evaziga Internetga joylashganini e’tirof etadi. Unga qanday ayblov qo‘yilgani ma’lum emas.

Bosim ostida qilingan bu kabi e’tiroflarni telekanal avval ham ko‘p marta namoyish qilgan.

O‘tgan hafta Eron oliy ruhoniysi oyatulloh Ali Xomanaiy Internetni “jang maydoni” deya ta’riflagan va u yerda din arboblari hamda talabalar “noto‘g‘ri va xato g‘oyalar”ga qarshi kurashishi lozimligini uqtirgandi.

XS
SM
MD
LG