Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:00

“Qora bozor”da dollarning arzonlashi ShHT sammiti bilan bog‘lanmoqda


O‘zbekiston “qora bozor”ida so‘nggi haftada dollar kursining qariyb 20 foizga pasayishi keyingi oy Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tishi bilan bog‘liq. Bu haqda Markaziy Osiyo yangiliklar xizmati toshkentlik sarroflar so‘zlariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Ularga ko‘ra, ShHT sammitiga oliymaqom mehmonlar kelishi munosabati bilan norasmiy valyuta bozoriga bosim o‘tkazilmoqda.

Bir hafta ichida O‘zbekiston qora bozorida dollar narxi 6700 so‘mdan 5400 so‘mgacha tushishi kuzatildi. O‘zbek sarroflari bosim bitgach, valyuta kursi sanoqli soatlar ichida yana keskin ko‘tarilib ketishi mumkinligini hisobga olgan holda, dollar sotishga ko‘pam qiziqavermayotganlarini aytganlar.

AQSh dollarining “qora bozorda”gi kursi yangi yil bayrami kunlari ham 6200 so‘mdan birdaniga 5300 so‘mga tushib ketgan edi. Biroq ko‘p o‘tmay kurs yana 6000 ustiga chiqqan, mart oyiga kelib esa 6700 so‘mdan oshib ketgan edi.

O‘zbekistonda jahon rezerv valyutasining uch xil kursi bor. Markaziy bank joriy hafta uchun AQSh dollari kursini 2909 so‘m qilib belgiladi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda dollarning birja kursi ham bor va bugungi kunda 8100 so‘mni tashkil qiladi.

Toshkentda ShHT sammiti joriy yilning 23-24 iyun kunlari o‘tishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG