Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:21

OzodNazar: Fermer haqqini tanisa-qo‘rqmasa, hokimlar g‘iring deyolmaydi!


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonlik fermerlardan pilla terimi boshlangani, ammo xirmonning cho‘g‘i ozligi, shuningdek, bu yil aksar viloyatlarda bug‘doy ham kasallikka chalinganiyu bu ham hosilni ozayrtirgani haqida xabarlar kelmoqda.

Kuni kecha Buxoroning Olot tumanidagi hokimiyatda bo‘lgan mojaro - hokim fermerni emas, fermer hokimni bir urib, ag‘darib qo‘ygani - bu yilgi yig‘im-terim davomida bo‘lajak mojarolarning avvali ekani haqida mushtariylar sharh yozmoqdalar.

O‘zbekistonlik fermerlarni o‘ylantirgan va ularning hayotiga daxldor so‘nggi voqealar haqida farg‘onalik 22 yillik fermer Ochil Begmatov xulosalari OzodNazar eshittirishining bugungi sonidan o‘rin oldi.

Begmatov voqealarni bir-bir sharhlarkan: "Hamma gap fermerning o‘zida, haqqini yaxshi bilsa, halol bo‘lsa, g‘irromlik qilmasa - hokimlar unga g‘iring deyolmaydi. Agar qaysi fermerni hokimlar xo‘rlasa, menga kelsin! Men yo‘q bo‘lsam, yo‘q bo‘lib ketamanki, ammo uni himoya qilaman - albattaki, u fermer haq bo‘lsa!" dedi.

Quyida keksa yoshdagi fermer Ochil Begmatovning OzodNazari:

OzodNazar: Ҳаққини таниган фермерга ҳокимлар ғиринг деёлмайди!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:00 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG