Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:01

Qirg‘izistonlik huquq faollari prezident Atambaevni sudga berdi


Qirg‘izistonlik taniqli huquq faollari To‘leqan Ismailova va Aziza Abdirasulova Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevdan ularni sotqinlikda ayblagani uchun to‘rt millon som ma’naviy zarar to‘lashni talab qilishayapti. Bundan tashqari huquq himoyachilari mamlakat prezidenti 14 may Onalar kunida mukofot topshirish chog‘ida aytgan so‘zlari uchun ular oldida ochiq kechirim so‘rashi kerak deb hisoblashmoqda.

Aziza Abdirasulova va To‘leqan Ismailova 14 maydagi prezident nutqida ularning or-nomusi va qadr-qimmatiga zarar keltirgan deb hisoblashadi.

Ular Bishkekdagi Birinchi may tuman sudiga yozgan arizasida suddan buning uchun prezidentdan har biriga ikki millon qirg‘iz so‘mi taqriban o‘ttiz ming dollardan undurib berishini so‘rashgan.

Bundan tashqari o‘z arizasida huquq himoyachilari prezidentdan o‘zlari to‘g‘risida aytgan so‘zlarini rasman rad etishi kerakligini ham aytishgan.

Huquq faollari agarda Qirg‘iziston sudi ularning arzini qanoatlantirmasa Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilishlarini aytishadi.

Abdirasulova va Ismailova shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkilotining huquq himoyachilar huquqini himoya qilish bo‘limidan ham yordam so‘ragan.

Bu borada “Bir dunyo Qirg‘iziston” tashkiloti rahbari To‘leqan Ismailova jurnalistlarga ma’lum qilgan:

- Biz BMTning huquq himoyachilar huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga tayanib qo‘mitaga murojaat qildik. Bu deklaratsiyada dunyo bo‘yicha huquq himoyachilariga berilgan maqom bor. O‘shaning qoidalariga muvofiq, prezident bizning obro‘yimizni tushurgan so‘zlarini keltirib, qo‘mitaga ham murojaat qildik. Hozir murojaatimiz qaralayapti, - deydi To‘leqan Ismailova.

Huquq faollari va Qirg‘iziston prezidenti o‘rtasidagi noroziliklarning kelib chiqishiga 14 may Onalar kuni bayramini nishonlash chog‘ida Atambaevning so‘zlagan nutqi sabab bo‘lgan.

O‘shanda prezident “Halq qurultoyi” forumidagi huquq himoyachilari “o‘zining xorijdan olgan grantlarini oqlayotganlar”, deb ma’lum qilgandi.

“Bu yerda kimlargina bo‘lmadi? Talgarbekov boshchiligidagi aqaevchilar ham. Qalmatov boshchiligidagi bakievchilar ham. Va IShID tarafdori Nurlan Motuev. Va o‘zlarining xorij grantlarini oqlayotgan bizning NXXQTchilari To‘leqan Ismailova va Aziza Abdrasulova», — dedgan edi prezident.

Atambaev bu so‘zlarini huquq himoyachilarining “Halq parlamenti” muholifat tashkilotining yig‘inida ishtirok etganini ta’kidlab aytgan edi.

Abdirasulova va Ismailova esa yig‘inga monitoring olib borish maqsadida qatnashganini, bunday ishlar avvalgi mamlakat rahbarlari davrida ham qilganliklarini va bundan keyin ham davom ettirishlarini aytishgan.

Huquq faollari 16 may kuni prezident so‘zlariga norozilik bildirib Oq uy oldida mitinga ham chiqishgan. Biroq norozilar oldiga parlament deutati, sobiq huquq faoli Cho‘lpo‘n Jakupovadan boshqa hech kim chiqmagan.

“Bir dunyo Qirg‘iziston” tashkiloti rahbari To‘leqan Ismailova hamda “Qilim shami” huquqni himoya qilish markazi rahbari Aziza Abdirasulova 2000 yillardan buyon inson huquqlarini himoya qilib keladi.

“Qilim shami” nodavlat tashkiloti sakkiz yilda begunoh qamalgan to‘qqiz kishining oqlanib, ozod etilishiga erishgani aytiladi. Ulardan biri begunoh umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan odam bo‘lgan.

Qirg‘izistonlik huquq faollari Aziza Abdirasulova va To‘leqan Ismailova 2010 yilgi O‘sh voqealarida yuzasidan ham hukumatni adolatli tergov olib borishga chaqirgan.

Huquq himoyachilari 2010 yil O‘sh voqealarida odam o‘ldirganlikda ayblanib umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan o‘zbek huquq faoli Azimjon Asqarovni “siyosiy tutqun”, deb atab shu kungacha uning ozod qilinishini talab qilib kelishadi.

XS
SM
MD
LG