Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:47

Avstraliyaliklar MH17 halokati uchun Putinni sudga berdi


Avstraliya, Yangi Zellandiya va Malayziyadagi bir qancha oila MH17 reysi uchog‘i Donbas osmonida halokatga uchrashi yuzasidan Yevropa inson huquqlari sudiga arz qildi.

Arzonmada asosiy javobgar shaxs sifatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomi keltirilgan. Bu haqda LHD Lawyers advkatlik shirkati ma’lum qildi.

Arzchilar Vladimir Putindan uchoq haloaatida har bir o‘lgan qarindoshi uchun 10 million AQSh dollari miqdorida tovon puli talab etmoqda.

2014 yilning 17 iyulida Malaysia Airlines shirkatining Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchgan Boeing 777 uchog‘i Ukraina sharqida qulagandi. Uchoq bortidagi uch yuzga yaqin odamning barchasi halok bo‘lgandi.

Xollandiyalik ekspertlar uchoq Rossiyada ishlab chiqarilgan "Buk" zenit raketasi bilan urib tushirilgan, degan xulosani bergandi.

XS
SM
MD
LG