Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:54

OzodNazar: "Maktabni hokimiyatdan ajratib olmasak savodsiz bo‘lib qolamiz"


43 - maktab, Hakan qishlog‘i, Andijon tumani
43 - maktab, Hakan qishlog‘i, Andijon tumani

Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab maktab o‘qituvchilarini dala, obodonchilik ishlariga safarbar etilishi haqida Ozodlikka paydar-pay xabarlar kelmoqda. OzodNazarning navbatdagi eshittirishida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida istiqomat qiladigan keksa o‘qituvchi Nabijon ota Jo‘raboev bilan o‘qituvchilarning bugungi ahvoli, ta’lim tizimida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan islohotlar haqida gapirdi.

O‘zbekiston maktablarida bugun ta’lim-tarbiya sifati judayam pasayib ketdi, deydi jizzaxlik keksa o‘qituvchi Nabijon ota.

Suhbatdoshning aytishicha, o‘qituvchilik kasbini qo‘yib bugun hokimiyatning mardikoriga aylanib qolgan o‘qituvchilar yurakdan ishlamay qo‘ygan.

"Toki xalq ta’limi tizimi mahalliy hokimiyatning bevosita ta’siri va tazyig‘idan ajratib olinmas ekan, bolalarimiz orasida savodsizlik kuchayib boraveradi", deydi Nabijon ota.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:07 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG