Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:41

Avstriya YeI ilk o‘ng qanot prezidentini saylashi mumkin


Avstriyada 22 mayda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovida Yevropa Ittifoqining ilk o‘ng qanot davlat rahbari saylanishi mumkin.

So‘rovlarga ko‘ra, Erkinlik Partiyasi nomzodi Norbert Hofer va Yashillar partiyasining sobiq rahbari Aleksandr van der Bellen o‘rtasida kuchli raqobat bormoqda.

To‘rt hafta muqaddam bo‘lib o‘tgan saylovning birinchi bosqichida Norbert 35 foiz ovoz to‘plab kutilmagan g‘alabaga erishdi.

Tahlilchilarga ko‘ra, uning bu muvaffaqiyatigaishsizlik va xavfsizlik xavotirlarini kuchaytirib yuborgan migratsiya inqirozi yordam bergan.

O‘ng qanot nomzodning g‘alabasi 28 davlat a’zo bo‘lgan Yevropa Ittifoqida kuchli aks-sado berishi mumkin.

Avstriya o‘tgan yili 90 ming boshpana izlovchini qabul qilib oldi.

Hozirda hukumat muhojirlarni qabul qilmayotgan esa-da, aholi orasida o‘ng qanot harakatlarni dastaklovchilar soni keskin ortgan.

XS
SM
MD
LG