Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:47

O‘zbekistonda jala oqibatida 217 xonadon zarar ko‘rdi


O‘zbekistonda 10 maydan 16 maygacha yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida Namangan, Surxandaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlaridagi qator tumanlarda hamda poytaxtda turar joy binolari, transport kommunikatsiyalari zarar ko‘rgan, jabrlangan odamlar bor. Bu haqda O‘zbekiston favqulodda holatlar vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilmoqda, ziyon ko‘rgan odamlarga ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatilgan.

10 may kuni Namangan viloyatining Pop tumanidagi Chodak aholi punktida 85 xo‘jalikni suv bosgan, 1 uy vayron bo‘lgan. Bu aholi punktidan 205 odam xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

10-11 may kunlari Surxandaryoning Uzun va Sariosiyo tumanlarida 46 xo‘jalik suv ostida qolgan. Bu tumanlardan 342 odam xavfsiz joyga ko‘chirilgan va ularga 15 qop un, 48 kilo gurunch hamda 1 million so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilgan.

11 may kuni Toshkentning Oxangaron tumanida yoqqan jala oqibatida "Guliston - O‘sh" avtoyo‘lining 155-kilometri yuvilib ketgan.

15-16 may kunlari Namangan viloyati Pop tumani Chodak aholi punktida kuchli jala oqibatida yana 58 xo‘jalikni suv bosgan.

16 may kuni Navoiy viloyati Konimex tumanida “Toshkent-Urganch” temir yo‘lining 157 kilometri zarar ko‘rgan. Shu kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida yomg‘ir oqibatida 28 xo‘jalikni suv bosgan.

Ozodlik radiosi 16 may kuni o‘z manbalariga tayaegan holda Namangan viloyati Chodak qishlog‘ida sel yurgani oqibatida 3 odam halok bo‘lgani haqida ma’lumot bergan edi. Biroq Favqulodda holatlar vazirligining yakshanba kuni tarqatilgan xabarida bu haqda hech narsa deyilmagan..

XS
SM
MD
LG