Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:13

Toshkentning Sebzorida bir vaqtning o‘zida 11 ta avtomashina to‘qnashdi


Seshanba kuni Toshkentning Sebzor ko‘chasidan o‘tuvchi ko‘prik ustida bir vaqtning o‘zida 11 avtomashina ishtirokida uchta avariya yuz berdi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, avariyalar 24 may kuni ertalab soat 8da sodir bo‘lgan. Birinchi holatda uchta, ikkinchi holatda oltita, uchinchi holatda esa ikkita avtomashina to‘qnashib ketgan.

Bu avtoto‘qnashuvlar o‘rtasidagi masofa 5-10 metrni tashkil qilgan. Xabarlarda jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar berilmagan.

O‘tgan yilning may oyida ochilgan Sebzor ko‘prigidan ertalabki va kechki tig‘iz paytda 15 mingta avtomashina harakatlanishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG