Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:39

Rossiya qamog‘idan ozod qilingan Nadejda Savchenko Ukrainada qahramon sifatida kutib olindi


Nadejda Savchenko
Nadejda Savchenko

Ukrainalik pilot Nadejda Savchenko 25 may kuni Rossiya qamog‘idan ozod etilib vataniga qaytdi. Savchenkoni Kiev aeroportida yuzlab jurnalist, siyosatchi va oddiy ukrainaliklar kutib oldi. Shu kuni Ukrainada ushlab turilgan rossiyalik ikki askar ham qo‘yib yuborildi va Moskva aeroportida ularni xotinlari kutib oldi.

Kreml matbuot vakili Dmitriy Peskov 25 may kuni Savchenkoni prezident Vladimir Putin avf etganini bayon qildi.

Peskov shuningdek, Ukraina tarafidan qo‘yib yuborilgan rossiyalik ikki harbiy ingan samolyot Moskvadagi aeroportga yetib kelganini ham ma’lum qildi.

Rossiya sudi Savchenkoni Ukraina sharqida rossiyalik ikki jurnalistning o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblab, 22 yillik qamoq jazosiga hukm etgan edi.

34 yoshli pilot bu hodisaga aloqadorligini inkor qilgan va o‘zining o‘g‘irlanib, Rossiyaga noqonuniy tarzda olib kelinganini aytgan.

O‘tgan oyda Ukraina Rossiyalik ikki askar – Aleksandr Aleksandrov va Yevgeniy Yerofeevni mamlakat sharqidagi rossiyaparast ayirmachilar tomonida jang qilganlik aybi bilan 14 yildanga qamoqqa hukm etgan.

Ukraina ikkovlon Rossiya harbiy razvedka xizmatchisi bo‘lganini aytgan, lekin Moskva ular qo‘lga olingan paytda muddatli harbiy xizmatchi bo‘lmaganini iddao qilgan.

XS
SM
MD
LG