Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:21

Farg‘onada "Universiada-2016" o‘yinlari boshlandi


Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida 26 may kuni “Universiada -2016” Respublika sport o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zAning xabar berishicha, universiadada ishtirok etish uchun saralash bosqichlarida 165 ming talaba ishtirok etgan, lekin ularning 900 nafarigina respublika musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Universiada ishtirokchilari sportning 15 turi bo‘yicha bellashadi.

Univerisada o‘yinlari O‘zbekistonda 7 –marta o‘tkazilmoqda. Mazkur o‘yinlarda O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan talaba sportchilar ishitrok etadi.

Rasmiy ma’lumotga qaraganda, Universida kundaligi va uning natijalari 4 xorijiy tilda butun dunyoga namoyish etiladi.

XS
SM
MD
LG