Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:26

"Rossiya 1" telekanali O‘zbekistonni Tojikiston deb atadi


Moskvaning “Rossiya 1” telekanali O‘zbekistonni yana Tojikiston bilan adashtirib yubordi. Bu haqda UZ24 nashri payshanba kuni ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, “Rossiya 1” telekanalining 25 may soat 11dagi yangiliklarida Toshkentda o‘tgan ShHT tashqi ishlar vazirlari yig‘ini to‘g‘risida xabar berilgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mazkur yig‘ilish natijalariga sharh berayotgan paytda, telekanal ekranida O‘zbekiston o‘rniga Tojikiston degan yozuv paydo bo‘lgan.

Bundan avval ham Rossiya telekanali muxbirlari O‘zbekistonni boshqa davlatlar bilan adashtirib kelgan. Masalan, 2014 yilda Sochida o‘tgan Qishki Olimpiada o‘yinlari paytida “Rossiya 2” telekanali O‘zbekiston terma jamoasini Tojikiston komandasi sifatida taqdim etgan.

2015 yil iyulida esa “Rossiya 2” telekanalidagi sport yangiliklarida o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin qozoq sportchisi sifatida tanishtirilgan.

XS
SM
MD
LG