Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:14

Samarqandda 200 ga yaqin jinoyatni itlar fosh qildi


10-16 may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Namangan, Surxondaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida sel va toshqinlar kuzatildi. Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida kitob do‘konlari yo‘qligi bois ota-onalar kitob olish uchun Qo‘qonga borishga majbur bo‘lmoqda. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

Itlar yordamida fosh qilingan jinoyatlar

Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasida ro‘y bergan qotillik “Agat” laqabli kinolog it yordamida fosh etildi (“Postda”, 21 may). Qayd etilishicha, bu “Agat”ning birinchi o‘ljasi emas, o‘rgatilgan jonivor o‘ndan ortiq jinoyatning ochilishida ichki ishlar xodimlariga yordam bergan. Xabarga ko‘ra, yilning o‘tgan davrida viloyat bo‘yicha itlar 900 ga yaqin profilaktik tadbirga jalb etilgan. Ikki yuzga yaqin jinoyat aynan kinologlar va xizmat itlari yordamida ochilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi: Sel va toshqinda fuqarolar jabrlangan

​2016 yil 10-16 may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Namangan, Surxondaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida sel va toshqinlar kuzatildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida (fvv.uz) yozilishicha, bundan fuqarolar jabrlangan, hududlar va transport tarmoqlariga zarar etgan. Zarar ko‘rgan fuqarolarga mahalliy hokimlik organlari zaruriy yordam ko‘rsatgan.

Beshariqda kitob do‘koni qachon ochiladi?

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida kitob do‘konlari yo‘q (“Hurriyat”, 25 may). Shu bois ota-onalar kitob olish uchun Qo‘qon shahriga borishga majbur bo‘lmoqda.

“Eshitishimcha, yaqin vaqtlar ichida respublikamizning har bir tumanida kitob do‘konlari ochilar ekan. Qaniydi, bu tezroq amalga oshsa... Biz ota-onalar o‘z tumanimizdagi kitob do‘konlariga farzandlarimizni jon deb yetaklab borar edik”, deb yozadi shu tumandagi 12-maktab o‘qituvchisi Dilnoza Tohirova.

“Daqqiyunusdan qolgan” nima degani?

O‘zaro muloqotda “Daqyonusdan qolgan” degan ibora ko‘p qo‘llaniladi (“Iste’molchi”, 25 may). Mazkur ibora Rim imperatori Diokletian (245-313) nomi bilan bog‘liq. Diokletian musulmon sharqida Daqyonus yoki Daqqiyunus deb atalgan. Markaziy Osiyoda arab fathiga qadar mavjud bo‘lgan shahar xarobalari, tangalar va boshqa buyumlarning ko‘hnaligini anglatish uchun “Daqqiyunusdan qolgan” iborasi qo‘llanilgan. Xorazm viloyatidagi bir necha qadimiy shaharga hozirgacha afsonaviy shoh – Daqqiyunus asos solgan, deb bilishadi.

XS
SM
MD
LG