Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 19:02

ShHT sammiti sabab kollej o‘quvchilari ham ta’tilga haydalayapti


O‘zbekistondagi barcha litsey va kollejlarda o‘quv jarayoni qisqartirilib, o‘quvchilar 15 iyundan ta’tilga haydalayapti. Shuningdek, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganch shaharlaridagi oliygohlar talabalarining ham o‘qishi 20 kunga qisqartirilib, 10 iyundan ta’til e’lon qilindi. Rasmiylar talabalarning erta ta’tilga haydalishini iyun oyida O‘zbekistonda o‘tishi rejalangan Shanxay hamkorlik sammiti bilan bog‘lab, xavfsizlik choralari o‘laroq izohlashdi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘iga ko‘ra, mamlakatdagi barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 15 iyundan boshlab ta’til e’lon qilindi.

"2015-2016 o‘quv yilini o‘quv rejalaridagi o‘quv soatlarini tig‘izlashtirish va haftalik o‘quv yuklamasini oshirish hisobiga 11 iyunga qadar o‘quv jarayonini yakunlanishini hamda 15 iyunga qadar barcha yakuniy davlat attestatsiya turlarini o‘tkazishni ta’minlash" ta’kidlanadi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U. Salimov imzosi bilan tasdiqlangan buyruqda.

Ushbu buyruq 25 may kuni imzolangan ushbu hujjatda o‘quv jarayoni grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi, ta’til boshlangan barcha o‘quvchilarning uylariga yetib borishini ham nazoratga olish topshirilgan.

Ushbu buyruq chiqishidan 4 kun avval Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi mamlakatning to‘rtta shahridagi oliygohlar talabalarini ham muddatidan avval ta’tilga chiqarilishini ma’lum qildi.

Ozodlikka jo‘natilgan ushbu buyruq nusxasida yozilishicha, joriy o‘quv yili rejalarida belgilangan barcha yakuniy nazoratlar hamda yakuniy davlat attestatsiya sinovlari, jumladan, bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyalarini 10 iyungacha tugatilishi ta’kidlangan.

21 may kuni imzolangan 205-sonli hujjatda nima sababdan talabalarning ta’tili oldinga ko‘chirilayotgani sababi ochiqlanmagan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, to‘rtta shahardagi oliygohlar talabalarining ta’tilga erta jo‘natilishi ShHT sammiti bilan bog‘liqdir:

"Bilasiz ShOS sammitining asosiy qismi Toshkentda o‘tadi. Shuningdek, sammit ishtirokchilari Buxoro, Samarqand va Xorazmga ham borishadi. Shu sabab shaxsan Bosh vazir Mirziyoev nomidan vazirligimizga topshiriq bo‘ldi. Talabalar orasida biror janjal yoki to‘polon chiqmasligi uchun ehtiyot chorasi sifatida shunga qaror qilinganini aytishdi", dedi vazirlikdagi ismini ochiqlamayotganimiz manba.

Talabalarni muddatidan oldin ta’tilga chiqarish uchun to‘rtta shahardagi barcha oliygohlarning o‘quv jarayoni grafigiga o‘zgartirish kiritildi.

Ozodlikka ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘langan talabalar bir tomondan ta’til erta boshlanishidan xursandliklarini aytishdi. Lekin ularga ko‘ra, ayni paytda o‘quv grafigiga kiritilgan o‘zgartirishlar natijasida ular qiynalib qolayapti:

"Boshida hammamiz xursand bo‘ldik. Chunki oldingi yillar iyunning oxirigacha imtihonlar davom etar edi. Bu yil 20 kun oldin kanikulga chiqarkanmiz deb quvondik. Lekin hozir har kuni 2 smenada o‘qib charchab qolayapmiz. Soat 4lardan o‘tib dars tugayapti. Darslar ko‘pligidan miya ham charchar ekan. Bu o‘qishimizning sifatiga ham salbiy ta’sir qilayapti. Yana imtihonlarga tayyorlanishga ham vaqt qolmayapti. Imtihonlarni pulga topshirsak kerak, bu ketishda", deya noliydi poytaxtdagi olyigohlardan birining talabasi Ozodlik bilan Feysbuk orqali bog‘lanib.

Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganchdan tashqari boshqa barcha shaharlardagi oliygohlarda o‘qish odatdagidek iyun oyi oxirigacha davom etadi.

XS
SM
MD
LG