Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:25

Xorazmda litsenziyasiz kirakashlar 370 mln. 300 ming so‘m jarima to‘ladi


Joriy yilning dastlabki 4 oyida Xorazm viloyatida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida litsenziyasiz taksichilik bilan shug‘ullangan haydovchilardan 370,3 mln. so‘m miqdorida jarima undirildi.

O‘tgan yilning shu davrida jarimalarning umumiy miqdori 335,6 mln. so‘mni tashkil qilgan edi.

Podrobno.uz saytining xabar qilishicha, viloyatda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti hududiy bo‘limi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda 74 ta reyd o‘tkazib, 669 ta qoidabuzarlik faktini aniqlagan.

Shu yilning yanvarida Xorazmda 197 nafar litsenziyasiz haydovchidan sud organlari qariyb 154 million so‘m jarima undirgani to‘g‘risida Ozodlik o‘z vaqtida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG