Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:48

Erdo‘g‘on Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash niyatida ekanini bildirdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash niyatida ekanini, biroq Moskvaning "Turkiya bu borada birinchi qadamni tashlashi kerak"ligi to‘g‘risidagi fikrini mutlaqo tushunmayotganini aytdi.

Seshanba kuni jurnalistlar oldida chiqish qilgan Erdo‘g‘on Rossiya Turkiya chegarani buzib o‘tgan rus harbiy samolyotini urib tushirganidan so‘ng Anqara bilan munosabatlarni uzganini eslatib o‘tdi.

Bundan avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva va Anqara munosabatlarini yaxshilash uchun Turkiya birinchi qadamni tashlashi kerakligi haqida gapirgan edi.

2015 yil noyabrida Suriya-Turkiya chegarasi hududida parvoz qilayotgan Rossiya harbiy samolyoti, Anqaraning bildirishicha, mamlakat chegarasini buzib o‘tgan va turk harbiylari tomonidan urib tushirilgan. Rus uchuvchisi halok bo‘lgan.

Anqara rus samolyoti urib tushirlgani uchun Rossiyadan uzr so‘rashdan bosh tortgan. Moskva esa rus samolyoti Turkiya chegarasini buzgani haqidagi bayonotlarni inkor qilgan edi.

XS
SM
MD
LG