Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:24

Shveysariyada dunyodagi eng uzun va chuqur tunel ochildi


Shveysariyada Alp tog‘lari ostidan o‘tuvchi dunyodagi eng uzun va chuqur tunel foydalanishga topshirildi.

57 kilometr uzunlikdagi bu tunel orqali ilk sayohatni Germaniya kantsleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland va Italiya bosh vaziri Matteo Rensi amalga oshirdi.

Barcha sinovlar yakuniga yetganidan keyin tuneldan har kuni 260 ta yuk poezdi va 65 ta yo‘lovchi tashuvchi poezd o‘tishi rejalangan.

Tunel qurilishi 17 yil davom etgan va unga 12 milliard AQSh dollari sarflangan. Qurilish mobaynida to‘qqiz nafar ishchi nobud bo‘lgan.

Bu loyiha Alp tog‘lari ajratib turgan Yevropaning shimoliy va janubiy qismlarini birlashtirish bo‘yicha rejaning bir qismi bo‘lib hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG